AJDODLARNI XOTIRLASH VA KЕKSALARNI E’ZOZLASH – ULUG‘ QADRIYAT
Ajdodlarni xotirlash va keksalarni e’zozlash ulug‘ qadriyat hisoblanib, bu borada mamlakatimizda har yili qabul qilinayotgan dasturlarda yoshi ulug‘, nuroniylarga bo‘lgan hurmat, e’tibor diqqat markazidadir.
Surxondaryo, Namangan, Navoiy, Farg‘ona, Andijon, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Qo‘riqlash” boshqarmalari xodimlari xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan tinchlik posbonlarini xonadoniga tashrif buyurishib ularning oila a’zolari holidan xabar olishdi.
9 may yurtimizda keng miqyosda Xotira va qadrlash kuni katta tantanalar bilan nishonlanib, 1941-1945 yillar urush va mehnat frontida tinchlik uchun kurashib halok bo‘lgan jasur va matonatli o‘g‘lonlar xotirasi yod etiladi hamda urush va mehnat frontida va yurtimiz tinchligini ta’minlash vaqtida jasorat ko‘rsatgan nuroniylarimiz e’zozlanishi xalqimizga xos qadriyatlar ko‘zgusi sanaladi.
Shu bilan birga so‘nggi daqiqagacha o‘z aziz jonini ayamay qasamyodiga sodiq qolgan alp o‘g‘lonlar xotirasiga Qur’on tilovat qilindi. Ularning mardligi, ko‘rsatgan jasorat haqida yoshlarga so‘zlab berildi. Marhumlarning oila a’zolariga o‘g‘lonlari ko‘rsatgan jasorat ertamiz egalari qalbida abadiy saqlanib qolishini ta’kidladilar.