Mahallalarni jinoyatchilikdan holi hududga aylantirish maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda
Qoʻriqlash Departamenti va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulklari hamda aholi xonadonlarini xavfsizligi taʼminlash, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan targʻibot-tashviqot ishlari davom etmoqda.
Kuni kecha oʻtkazilgan bu kabi targʻibot va tashviqot ishlari jarayonida hududdagi fuqarolarga va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslarga Qoʻriqlash xizmatining afzalliklari, xizmat koʻrsatish turlari, sohada hozirgi kunda foydalanilayotgan zamonaviy texnologiyalar haqida maʼlumotlar berilib, fuqarolarning xabardorligi oshirildi. Bu kabi tizimli ishlar hududlar boʻylab davom etmoqda.
Shu bilan birga zamonaviy qoʻriqlashning texnik vositalari, videokuzatuv kameralarining natijadorligi hamda Qoʻriqlash Departamenti tomonidan taklif etilayotgan “Aqlli uy” loyihasi xususida maʼlumotlar berilib, jamoatchilikning fikr mulohazalari tinglandi.
Aholi, savdo va xizmat koʻrsatish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etilib, huquqiy madaniyatni yuksaltirish, jamoat xavfsizligini taʼminlash, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish kabi mavzularda suhbatlar olib borildi. Bu esa fuqarolar xotirjamligi, hududlar xavfsizlini taʼminlashga xizmat qilmoqda.