Xodimlar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda
Xodimlar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, kuni kecha Samarqand hamda Navoiy viloyatlari Qoʻriqlash boshqarmalarida xizmat va ilmiy faoliyatda muayyan natijalarga erishgan xodimlarining farzandlariga kvota asosida 2025-2026-oʻquv yilida yurtimizdagi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishlari uchun tavsiyanomalar topshirish marosimlari boʻlib oʻtdi.
Tadbirlarda soʻz olganlar, mamlakatimizda yoshlarning oʻqib-izlanib, kelajakda yurt taraqqiyoti yoʻlida sadoqat bilan xizmat qiladigan oʻgʻil-qizlar boʻlib ulgʻayishini koʻzlab barcha imkoniyatlar yaratilayotganligi, mazkur oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun berilgan tavsiyanomalar ularning kelajak sari dadil qadam tashlashlarida muhim hisoblanishini alohida taʼkidladi.
Albatta, bu kabi eʼtibordan yoshlar va yaqinlarining quvonchi cheksiz. Shunday ekan har bir oʻgʻil-qiz oʻqishi-izlanishi, kelajakda yurt koriga yaraydigan vatanparvar insonlar boʻlib ulgʻayishi lozim boʻladi.