Yangiliklar

26 May 2023

VATANPARVAR YOSHLAR – YURT TAYANCHI

Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat "Qo‘riqlash" boshqarmasi hamda Jizzax shahridagi ixtisoslashtirilgan maktab internati bilan hamkorlikda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun sport bellashuvlari tashkil etildi.

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shu bilan bir qatorda sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish va sog‘lom turmush tarzida tarbiyalash maqsadida sportning kamondan otish turi bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borilib, o‘quvchilar merganlik qobiliyatlarini yana bir bor sinovdan o‘tkazdilar.

Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilari va yoshlar boshqarma tomonidan tayyorlangan xizmat va targ‘ibot avtotransport vositalari, maxsus vositalar va tezkor harakatlanuvchi guruh vazifalari bilan tanishib, ular haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.