Ochiqlik sharoitida xodimlarning huquqiy madaniyati va maʼnaviy-maʼrifiy bilimlari oshirilmoqda
Surxondaryo viloyatida ichki ishlar organlari xodimlari ishtirokida nostandart vaziyatlarda toʻgʻri qaror qabul qilish koʻnikmalariga, yuksak huquqiy madaniyat va maʼnaviy-maʼrifiy sifatlarga ega boʻlgan professional xodimlarni tarbiyalash maqsadida sayyor oʻquv mashgʻulotlari tashkil etildi.
Unda mutaxassislar tomonidan xodimlarga inson shaʼni va qadr-qimmatiga daxl qilmagan holda xizmat olib borish, muloqot madaniyatiga eʼtibor qaratish lozimligi tushuntirildi. Ichki ishlar organlari imijini oshirishda xodimlarning muhim vazifalari va eʼtibor qaratish lozim boʻlgan jihatlar aytib oʻtildi.
Shuningdek, xodimlarining ochiqlik sharoitida xizmat olib borishi boʻyicha tegishli tavsiya va koʻrsatmalar berilib, videoroliklar orqali batafsil tushuntirib berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob va maʼlumotlar oldilar.