Yangiliklar

25 Sentyabr 2024

Fargʻona viloyati Ichki ishlar boshqarmasida viloyat hududida texnik qoʻriqlash markazlariga ulanish bilan bogʻliq jarayon muhokama qilindi

Mulkiy turdagi jinoyatlarni oldini olishda turli usul va vositalar bor. Shulardan biri obyektlarni qoʻriqlov pultiga ulash va kameralashtirishdir.

Fargʻona viloyati Majburiy ijro boshqarmasi, Milliy gvardiya "Qoʻriqlash" boshqarmasi hamda viloyat IIB rahbariyati ishtirokida videoselektor yigʻilishi tashkil etildi.

Unda huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishda oʻzaro hamkorlikni taʼminlash, jumladan savdo shoxobchalarini va xonadonlarni qoʻriqlov pultiga ulanish chora-tadbirlari tahlil qilindi.

Shuningdek, profilaktika inspektorlari va YHXG inspektorlari tomonidan rasmiylashtirilayotgan maʼmuriy bayonnomalar masalalari ham koʻrib chiqildi.