Qoʻriqlash Departamenti Davlat organlari obyektlarini qoʻriqlash boʻyicha boshqarmasi shaxsiy tarkibini qonunchilikdagi oʻzgarishlardan xabardor qilish hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Qoʻriqlash Departamenti Davlat organlari obyektlarini qoʻriqlash boʻyicha boshqarmasi shaxsiy tarkibini qonunchilikdagi oʻzgarishlardan xabardor qilish hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Ushbu tadbirda Qoʻriqlash Departamenti Faxriylar kengashi raisi isteʼfodagi polkovnik O.Azimov, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi Devoni masʼul xodimi SH.Abdullayev, Toshkent shahar Yakkasaroy tumani IIO FMB oʻrinbosari podpolkovnik R.Masharipov va DOOQBB boshligʻi oʻrinbosari mayor A.Muradullayevlar tomonidan shaxsiy tarkibga korrupsiyaga qarshi kurashish va uning salbiy oqibatlari toʻgʻrisida soʻz yuritildi.
Shu bilan birga joriy yilning shu davriga qadar tizimda jinoyat va huquqbuzarlik holatlari qayd etilganligini, har bir xodim yurt tinchligi va vatan ravnaqi uchun sidqidildan xizmat qilishini va, qolaversa, xodimlarning xizmat faoliyati "Inson qadri uchun" tamoyili asosida aholining roziligiga erishishga qaratilgan boʻlishi, vijdonan, halol va adolatli xizmat qilish har bir xodimning oliy burchi hisoblanishi tushuntirib oʻtildi.
Bundan tashqari, qatnashchilariga "ustoz–shogird" anʼanasiga sodiq boʻlishni oʻzidan katta bir necha yillardan beri xizmat qilib kelayotgan ustozlarni hurmatini joyiga qoʻyib, ular berayotgan pand nasihat va oʻgitlariga amal qilish va har bir xodimda shukronalik tuygʻusi boʻlishi kerakligi taʼkidlandi.
Tadbir soʻngida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga masʼullar tomonidan javob berildi.