Yangiliklar

13 Oktyabr 2025

Toshkent viloyati Qoʻriqlash boshqarmasida xodimlarning yoʻl harakati sohasidagi bilim va amaliy koʻnikmalarini oshirish, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish, haydovchilik madaniyatini oshirish boʻyicha uchrashuv oʻtkazildi.

Yoʻl-patrul xizmati xodimlari tomonidan batafsil tushuntirish ishlari olib borilib, ayanchli holatlarning oldini olish, shaxsiy tarkibni yangi davlat yoʻl belgilari bilan tanishtirish va haydovchilik koʻnikmalarini oshirish, shaxsiy va xizmat avtotransport vositalari egalarining kasbiy mahoratini oshirishga eʼtibor qaratildi.

Bundan tashqari tadbir doirasida mutaxassislar yoʻllardagi xavfsizlikning dolzarb masalalarini batafsil koʻrib chiqdilar va tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan barcha savollarga javob berdilar. Oʻzaro hamkorlikning bunday shakli haydovchilarning tayyorgarlik darajasini sezilarli darajada oshirish va yoʻl harakati qoidalariga rioya qilishga masʼuliyatli munosabatni shakllantirish imkonini berdi.

Oʻtkazilgan tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad yoʻl-transport hodisalarining barvaqt oldini olish va Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari oʻrtasida xavfsiz haydash madaniyatini shakllantirishdan iborat.