Samarqand viloyat Qoʻriqlash boshqarmasida muhokamali yigʻilish boʻlib oʻtdi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash Departamenti rahbariyati tomonidan Samarqand viloyat Qoʻriqlash boshqarmasi faoliyati yuzasidan inspektorlik tekshiruvlari oʻtkazildi.
Oʻrganishlar davomida shahar va tuman Qoʻriqlash boʻlimlari faoliyatida yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar aniqlandi. Qoʻriqlash Departamenti boshligʻining moliya va moddiy taʼminot boʻyicha oʻrinbosari B.K. Inogʻamov boshchiligidagi yigʻilishda aniqlangan muammolar atroflicha tahlil qilinib, ularni bartaraf etish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Boʻlimlar faoliyatini yaxshilash, xizmat samaradorligini oshirish va mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan yoʻl xaritalari taqdim etildi.
Ushbu yigʻilish orqali tizimdagi nazorat va muvofiqlashtirish ishlari yanada kuchaytirilishi, joylardagi qoʻriqlash xizmatining sifatini oshirishga alohida eʼtibor qaratilishi belgilandi.