Samarqand viloyati Qoʻriqlash boshqarmasida xizmat intizomi va qonun ustuvorligi muhokama qilindi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash Departamenti masʼullari tomonidan Samarqand viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan xizmat intizomini mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda qonun ustuvorligini taʼminlash maqsadida xizmat yigʻilishi oʻtkazildi.
Yigʻilishda masʼullar tomonidan amaldagi qonunchilik, xizmat intizomi, xizmat vaqtidagi masʼuliyat, tartib va intizomga rioya qilish borasida atroflicha maʼlumotlar berildi. Xizmat intizomiga rioya etish har bir xodimning fuqarolar oldidagi masʼuliyati, tizim obroʻsi va jamoa hamjihatligini taʼminlashda muhim omil ekani taʼkidlab oʻtildi.
Shuningdek, xizmat intizomini buzishning salbiy oqibatlari — qonun ustuvor jazo muqarrarligi, jamoa ishonchini yoʻqotish va xizmat faoliyati samaradorligiga salbiy taʼsiri haqida aniq misollar asosida tushuntirish ishlari olib borildi. Bundan tashqari, oʻz vazifasiga sidqidildan yondashib, xizmatdoshlariga oʻrnak boʻlib kelayotgan bir guruh xodimlarga Qoʻriqlash departamenti rahbariyati tomonidan tashakkurnomalar topshirildi.
Tadbir yakunida esa Qoʻriqlash Departamenti ansambli tomonidan tashkil etilgan bayram konsert dasturi ishtirokchilarga yuqori kayfiyat ulashdi.