Xizmat intizomiga rioya qilish, amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar hamda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi
Xodimlar orasida xizmat intizomiga rioya qilish, fuqarolar bilan xushmuomalada boʻlish, jinoyat va huquqbuzarliklarni keskin kamaytirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Qoʻriqlash Departamenti rahbariyati ishtirokida Navoiy viloyati Qoʻriqlash boshqarmasida xodimlar bilan ayni shu masalalarda yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishda soʻz olganlar, xodimlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklar, ularning kelib chiqish sabablari, xizmat intizomiga rioya qilishlari, xizmat vazifasiga kirmaydigan turli xil masalalarga aralashmasliklari, korrupsion holatlarga yoʻl qoʻymasliklari yuzasidan alohida toʻxtalib oʻtdilar.
Shuningdek, Navoiy viloyati Qoʻriqlash boshqarmasining joriy yil davomida amalga oshirgan natijalari sarhisob qilinib, kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar boʻyicha tegishli masʼullarga topshiriqlar berildi. Yigʻilish yakunida barcha masʼullarga qoʻl ostidagi shaxsiy tarkibga mazkur masalalarning toʻliq mazmunini yetkazishlari boʻyicha topshiriqlar berildi.