Namangan viloyati Qoʻriqlash boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy dars va xizmat intizomiga bagʻishlangan uchrashuv oʻtkazildi.
Namangan viloyati Qoʻriqlash boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy dars va xizmat intizomiga bagʻishlangan uchrashuv oʻtkazildi.
Boshqarma, shahar va tuman boʻlimlarida xizmat olib borayotgan xodimlar ishtirokida navbatdagi maʼnaviyat va maʼrifat darsi hamda xizmat va ijro intizomini mustahkamlash, korrupsiyaviy holatlarning oldini olishga bagʻishlangan uchrashuv tashkil etildi.
Mavzu yuzasidan Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi "Maʼrifat" targʻibotchilar jamiyati aʼzosi tomonidan yigʻilish ishtirokchilariga batafsil maʼlumotlar berib oʻtildi. Shuningdek, xizmat intizomi, qonuniylik va fuqarolarga munosib xizmat koʻrsatish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Boshqarma rahbariyati tomonidan har bir xodimdan oʻz xizmat vazifasiga vijdonan, halol va masʼuliyat bilan yondashish, amaldagi qonunchilik talablariga qatʼiy rioya qilish talab etilishi taʼkidlandi.
Tadbirda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, bu boradagi profilaktik ishlarni kuchaytirish, xodimlar oʻrtasida huquqiy ong va madaniyatni oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.