Toshkent shahar Qoʻriqlash boshqarmasida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha profilaktik uchrashuv oʻtkazildi
Toshkent shahar Qoʻriqlash boshqarmasida xodimlarning yoʻl harakati sohasidagi bilim va amaliy koʻnikmalarini oshirish, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish hamda haydovchilik madaniyatini yuksaltirish maqsadida navbatdagi profilaktik uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Tadbir davomida Yoʻl-patrul xizmati vakillari tomonidan yoʻl harakati qoidalari, xavfsiz haydash tamoyillari hamda xizmat transport vositalaridan foydalanish tartiblari yuzasidan batafsil tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, yoʻllarda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan salbiy holatlarning oldini olish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Uchrashuv chogʻida yoʻl harakati xavfsizligiga oid dolzarb masalalarni muhokama qilib, ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga batafsil javob berdilar.
Tadbir yakunida yoʻl harakati madaniyatini oshirish, xizmat va shaxsiy transport vositalaridan toʻgʻri foydalanish, yoʻllarda hushyorlik va ogohlikni taʼminlash boʻyicha aniq tavsiyalar berildi.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi — yoʻl-transport hodisalarining oldini olish, xodimlar oʻrtasida salbiy holatlarning oldini olish boʻyicha koʻnikmani mustahkamlash va fuqarolarga namuna boʻlishdan iboratdir.