Yangiliklar

22 Mart 2024

Toshkent shahar “Qoʻriqlash” boshqarmasida ezgulik va yasharish fasli boʻlmish Navroʻz bayrami keng nishonlandi

Tadbirda sumalak sayli tashkil etilib, milliy liboslar koʻrgazmasi namoyish etildi. "Qoʻriqlash" boshqarmasining xodimalari oʻrtasida milliy qadriyatlarni oʻzida jamlagan turli tanlovlar uyushtirildi. "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasining xushovoz xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.
Yakunda tanlov ishtirokchilari 5 yoʻnalish: “Eng chaqqon pazanda”, “Eng chiroyli milliy libos sohibasi”, “Bahor neʼmatlari”, “Karving sanʼati” va “Navroʻz malikalari” nominatsiyalari boʻyicha gʻoliblar nomi eʼlon qilinib, boshqarma rahbariyatining diplomlari bilan taqdirlanishdi.