Fargʻona viloyati Qoʻriqlash boshqarmasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi
Fargʻona viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi hamda Ichki ishlar organlari poliklinikasi hamkorligida shaxsiy tarkib ishtirokida “Sogʻlom turmush tarziga amal qilish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda sogʻlom turmush tarzining ahamiyati, jismoniy faollik, toʻgʻri ovqatlanish, zararli odatlardan voz kechish hamda salomatlikni mustahkamlashga doir masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Mutaxassislar tomonidan sogʻliqni saqlash sohasidagi zamonaviy tavsiyalar va profilaktik chora-tadbirlar haqida maʼlumotlar berildi. Shu bilan birga, xizmat vazifalarini sidqidildan ado etishda sogʻlom hayot tarzi muhim omillardan biri ekanligi alohida taʼkidlandi.
Davra suhbati ochiq muloqot tarzida oʻtdi va ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javob oldilar.