Fargʻona viloyati Qoʻriqlash boshqarmasiga ishga yangi qabul qilingan harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmasi nazoratchilari ishtirokida amaliy oʻquv mashgʻuloti tashkil etildi.
Fargʻona viloyati Qoʻriqlash boshqarmasiga ishga yangi qabul qilingan harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmasi nazoratchilari ishtirokida amaliy oʻquv mashgʻuloti tashkil etildi.
2 kun davomida oʻtkazilgan mashgʻulotlar davomida mutaxassislar tomonidan xodimlarga xizmat faoliyatida zarur boʻlgan dastlabki nazariy va amaliy bilimlar, jumladan: maxsus vositalardan toʻgʻri foydalanish, aloqa vositalari bilan ishlash, xizmat hujjatlarini toʻldirish tartibi, saf tayyorgarligi hamda xizmat intizomiga oid qoidalar boʻyicha tushunchalar berildi.
Bu kabi oʻquv mashgʻulotlari yangi qabul qilingan xodimlarning kasbiy mahoratini oshirish va ularni xizmat faoliyatiga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.