Yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ular orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida Fargʻona shahridagi 10-sonlik umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquvchilari uchun uchun Fargʻona viloyati Qoʻriqlash boshqarmasida ochiq eshiklar kuni uyushtirildi.

Tadbir avvalida, mutaxassislar tomonidan Qoʻriqlash xizmatida yaratilayotgan sharoitlar, xizmat olib borish tartibi hamda sohada olib borilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishtirildi. Shuningdek, yoshlarga milliy armiyamizga jismonan baquvvat va maʼnan yetuk yoshlar zarurligi, harbiy xizmat har bir Oʻzbekiston fuqarosi uchun muqaddas burch ekani haqidagi tushunchalar berildi.
Kun tartibiga muvofiq oʻquvchilar, Qoʻriqlash boshqarmasi psixologik xizmat koʻrsatish sifatini, xizmat xonalari va maxsus texnikalar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega boʻldilar. Boshqarmada yaratilgan sharoitlar, xizmat hamda oʻquv xonalari bilan yaqindan tanishib chiqdilar. Biror hududda oʻgʻrilik, talonchilik yoki jinoyat hodisasi sodir boʻlib, qoʻriqlashning "tashvish tugmachasi" bosilganda voqea joyiga yetib borish va qanday xizmat koʻrsatish tartiblari boʻyicha tushunchalar berildi.
Bundan tashqari, elektron oʻq otish xonasida talablar real vaziyatga yaqinlashtirilgan sharoitda oʻq otish mashqlarini amaliy bajarish imkoniyatiga xam ega boʻldilar. Bu kabi tadbirlardan koʻzlangan asosiy maqsad oʻsib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ona-Vatanga muhabbat xissini oshirishdan iboratdir.