Andijon viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi shaxsiy tarkibi ishtirokida xizmat intizomi va qonunchilik buzilish holatlarining oldini olishga qaratilgan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Andijon viloyati Qoʻriqlash boshqarmasida shaxsiy tarkib orasida xizmat intizomi va qonunbuzarlik holatlarini oldini olish, xodimlar tomonidan sodir etilishi mumkin boʻlgan salbiy holatlarni bartaraf etish, xizmatda va xizmatdan tashqari vaqtda ham qonunlarga rioya qilish, fuqarolar bilan muomalada odob-axloq qoidalariga qatʼiy amal qilish masalalariga bagʻishlangan navbatdagi yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Mazkur tadbir boshqarma boshligʻi rahbarligida tashkil etilib, xodimlar oʻrtasida huquqbuzarlik va nosogʻlom holatlarning oldini olish, masʼuliyat va intizomni yanada oshirish zarurligi taʼkidlandi. Har bir xodimdan oʻz xizmat vazifasini vijdonan va sidqidildan bajarishi, jamoatchilik orasida hurmat-eʼtiborga sazovor boʻlishi talab etiladi.
Shuningdek, har bir xodim har kuni xizmatga yuksak masʼuliyat va sadoqat bilan kirishishi, alohida taʼkidladi.