Andijon viloyati Qoʻriqlash boshqarmasida begʻaraz donorlik aksiyasi oʻtkazildi
Inson hayotini saqlab qolish — eng ulugʻ ezgu amallardan biri. Ana shunday xayrli maqsadda Andijon viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan begʻaraz donorlik aksiyasi oʻtkazildi.
Aksiya doirasida boshqarma xodimlari ixtiyoriy ravishda qon topshirishdi. Ular bu bilan faqatgina bemorlarga yordam berish emas, balki jamiyatda mehr-oqibat, bagʻrikenglik va insoniylik tuygʻularini yoyishga ham hissa qoʻshdilar.
Qon har qanday inson uchun hayot manbai hisoblanadi. Donorlarning bu tashabbusi orqali ehtiyojmand insonlarning hayotiga umid uygʻotildi.