Yangiliklar

19 Noyabr 2025

Toʻraqoʻrgʻon tumanida xodimlar uchun psixologik trening oʻtkazildi

Namangan viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi psixolog-mutaxassislari tomonidan Toʻraqoʻrgʻon tumani Qoʻriqlash boʻlimida xizmat olib borayotgan xodimlar uchun amaliy psixologik trening mashgʻuloti tashkil etildi.

Tadbir jarayonida psixologlar ishtirokchilarga xizmat jarayonida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammoli vaziyatlarda oʻzini tutish, ziddiyatlarni boshqarish, stressni kamaytirish hamda emotsional barqarorlikni saqlashga oid amaliy mashqlar va tavsiyalar berishdi.

Xodimlar trening davomida oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, psixologik holatni barqaror saqlashda foydali boʻlgan usullarni amaliyotda sinab koʻrish imkoniyatiga ega boʻlishdi. Tadbir ishtirokchilari bunday mashgʻulotlar ularning xizmat samaradorligini oshirishda va shaxsiy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidlashdi.