Yangiliklar

22 May 2025

Muhokama markazida – bank muassasalarida xavfsizlikni taʼminlash

Kuni kecha Toshkent viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi rahbariyati, Markaziy bankining Toshkent viloyat Bosh boshqarmasi hamda viloyat hududida joylashgan barcha banklarning masʼullari ishtirokida bank muassasalari xavfsizligini taʼminlash va ishonchli qoʻriqlovini taʼminlash masalalariga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Tadbirda soʻzga chiqqanlar hududlarda sodir etilayotgan turli jinoyat va huquqbuzarliklarni aniq misollar bilan tilga olishdi. Bundan tashqari, barcha masʼul xodimlar hushyor va eʼtiborli boʻlishlari lozimligi, chunki eʼtiborsizlik va loqaydlik turli koʻngilsiz holatlarga olib kelishi mumkinligi taʼkidlandi.
Tadbir yakunida mutasaddilarga banklar va ularning filiallari hamda bankomatlar faoliyatini oʻrganib, ularni qoʻriqlash va qoʻriqlov vositalarini oʻrnatish boʻyicha topshiriqlar berildi.