Yangiliklar

8 Iyun 2024

MUHOKAMA MARKAZIDA XIZMAT INTIZOMINI MUSTAHKAMLASH

Kuni kecha “Qoʻriqlash” bosh boshqarmasining Xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalarini qoʻriqlash boʻyicha alohida bataloni shaxsiy tarkibi ishtirokida xizmat intizomini mustahkamlash, xodimlarning huquqiy bilimlarini yanada oshirish masalalariga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Shuningdek, tadbirda soʻz olganlar tomonidan sohada amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi haqida soʻz yuritib, yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish, turli noxush holatlarning oldini olish maqsadida, shaxsiy tarkib bilan olib borilayotgan profilaktik tarbiyaviy ishlarning sifati va samaradorligini yanada oshirish, qatʼiy intizomiy taʼsir choralarini kuchaytirish zarurligi taʼkidlandi.
Bundan tashqari ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan turli xil tavakkalchilikga asoslangan oʻyinlarni oʻynamaslik, korrupsiya, tamagirlik kabi illatlarni oldini olish va ularga qarshi kurashish, xizmat intizomi va qonunchilikka qatʼiy rioya etishlari yuzasidan tushuncha va tavsiyalar berildi.
Davra suhbati yakunida masʼullar tomonidan ishtirokchilarning savollariga tegishli javob va tushunchalar berildi.