Yangiliklar

23 Yanvar 2024

XODIMLARNING XIZMAT INTIZOMI EʼTIBOR MARKAZIDA

Xizmat intizomini mustahkamlash hamda xodimlarning xizmatga shayligini nazorat qilish maqsadida Xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalarini qoʻriqlash boʻyicha alohida bataloni shaxsiy tarkibi ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi.
Mazkur davra suhbati davomida xodimlar oʻrtasida xizmat intizomi va qonuniylikni taʼminlash, shaxsiy tarkibni Ona-Vatanga va kasbiga sadoqat ruhida tarbiyalash, oʻqitish va malakasini oshirish, kasbiy va jangovar tayyorgarligini yuksaltirish borasida doimiy ravishda chora-tadbirlar belgilanib, tegishli ishlar amalga oshirilib borilayotganligi toʻgʻrisida soʻz bordi.
Bu bilan birga yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish, turli noxush holatlarning oldini olish maqsadida, shaxsiy tarkib bilan olib borilayotgan profilaktik tarbiyaviy ishlarning sifati va samaradorligini yanada oshirish, qatʼiy intizomiy taʼsir choralarini kuchaytirish zarurligi taʼkidlandi.
Bundan tashqari ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan turli xil tavakkalchilikga asoslangan oʻyinlarni oʻynamaslik, korrupsiya, tamagirlik kabi illatlarni oldini olish va ularga qarshi kurashish, xizmat intizomi va qonunchilikka qatʼiy rioya etishlari yuzasidan tushuncha va tavsiyalar berildi.
Davra suhbati yakunida masʼullar tomonidan ishtirokchilarning savollariga tegishli javob va tushunchalar berildi.