Yangiliklar

12 Noyabr 2025

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlarining xizmatdan tashqari vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning madaniy hordiq olishiga koʻmaklashish maqsadida koʻplab madaniy tadbirlari oʻtkazilib kelinmoqda.

Nukus shaharlararo Qoʻriqlash boʻlimi xodimlari uchun Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyiga sayohat tashkil etildi. Mazkur tadbirda soha vakillariga muzey xodimlari tomonidan buyuk bobomiz, shoir Berdaq Gargʻabay oʻgʻlining hayoti va ijodiga baǵishlangan kartina va eksponatlar bilan tanishtirib, koʻplab maʼlumotlar berib oʻtdi.

Ushbu sayohat nafaqat xodimlarning dunyoqarashini kengaytirish, balki milliy merosdan faxrlanish tuygʻusini mustahkamlashga, norasmiy muhitda jamoani jipslashtirishga yordam berdi. Bunday tadbirlar xodimlarda jonajon oʻlka tarixi va madaniyatiga hurmat bilan munosabatda boʻlishni shakllantirishga yordam beradi, bu esa jamiyat xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻliq kasbiy faoliyatda ayniqsa qimmatlidir.