Xizmatni oʻtashda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan koʻngilsiz holatlarning barvaqt oldini olish maqsadida navbatdagi profilaktik tadbir oʻtkazildi
Buxoro viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi rahbariyati boshchiligida xizmat intizomini mustahkamlash va shaxsiy tarkib faoliyatida qonuniylikni taʼminlash, xizmatni oʻtashda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan koʻngilsiz holatlarning barvaqt oldini olish maqsadida navbatdagi profilaktik tadbir oʻtkazildi.
Uchrashuv davomida xizmat faoliyatining asosiy jihatlari, jumladan, xizmat intizomiga rioya qilish, ichki tartib-qoidalarni bajarish, xizmatda oʻzini tutish madaniyati, yoʻl harakati qoidalariga rioya qilish, shaxsiy xavfsizlikni taʼminlash va jamoat tartibini saqlash masalalari koʻrib chiqildi.
Har bir xodimning ish samaradorligi nafaqat xizmat faoliyati natijalari bilan, balki qonunchilikka rioya qilish darajasi, shaxsiy masʼuliyati va axloqiy meʼyorlarga rioya qilishi bilan ham baholanadi.