Yangiliklar

28 Iyun 2025

Mahallalarda jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida joylarda bir qator tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda

Qoʻriqlash Departamenti va uning hududiy boʻlinmalari xodimlari tomonidan fuqarolar xavfsizligini, mahallalar osoyishtaligini, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulklari hamda aholi xonadonlarini xavfsizligi taʼminlash, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan targʻibot-tashviqot ishlari olib borildi.

Targʻibot-tashviqot ishlari jarayonida fuqarolarga va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslarga Qoʻriqlash xizmatining afzalliklari, xizmat koʻrsatish turlari, sohada hozirgi kunda foydalanilayotgan zamonaviy texnologiyalar haqida maʼlumotlar berildi.

Xususan, mahallalarda oʻrganishlar olib borilib, jinoyatchilikning oldini olish borasida fuqarolar xonadonlarini qoʻriqqa olish choralari koʻrilmoqda. Bu esa aholining tunini tinch kunini osuda qilish imkoniyatini beradi.