Namangan shahar Qoʻriqlash boʻlimi xodimlarining boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, maʼnaviy-maʼrifiy dunyoqarashini kengaytirish hamda milliy tarix va madaniyatimizga boʻlgan qiziqishini oshirish maqsadida Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyiga sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida xodimlar viloyatimiz tarixining turli davrlarini aks ettiruvchi noyob eksponatlar, arxeologik topilmalar, xalq amaliy sanʼati namunalari, milliy liboslar hamda tarixiy shaxslar hayotiga oid qimmatli maʼlumotlar bilan yaqindan tanishdilar.
Muzey ekskursovodlari tomonidan berilgan batafsil va qiziqarli maʼlumotlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.