Xodimlarning kitobxonlikka boʻlgan qiziqishini oshirish, maʼnaviy dunyosini boyitish maqsadida kitob yarmarkasi tashkil etildi
Andijon viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi shaxsiy tarkibining kitobxonlikka boʻlgan qiziqishini oshirish, maʼnaviy dunyosini boyitish hamda oilaviy kitobxonlik anʼanalarini mustahkamlash maqsadida Asaka tumani Axborot-kutubxona markazi va “Kitob savdo” MCHJ hamkorligida kitob yarmarkasi tashkil etildi.
Yarmarkada turli yosh va qiziqishlarga mos badiiy, ilmiy-ommaviy, bolalar hamda tarbiyaviy adabiyotlar keng namoyish etildi. Tadbir davomida xodimlar nafaqat oʻzlari uchun, balki farzandlari va oila aʼzolari uchun ham turli xil mazmunli kitoblar xarid qildilar.
Ushbu tashabbus kitobxonlikni keng targʻib etish, maʼnaviy-maʼrifiy muhitni yuksaltirish va xizmatchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi. Tashkil etilgan kitob yarmarkasi xodimlar orasida katta qiziqish uygʻotdi va bunday maʼnaviy tadbirlarning kelgusida ham davomli boʻlishi zarurligi taʼkidlandi.