Yangiliklar

12 Iyul 2025

Shaxsiy tarkibining xizmat samaradorligini oshirish va ruhiy barqarorligini taʼminlash maqsadida muntazam ravishda psixologik treninglar oʻtkazib kelinmoqda

Samarqand viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi shaxsiy tarkibining xizmat samaradorligini oshirish va ruhiy barqarorligini taʼminlash maqsadida shahar va tuman Qoʻriqlash boʻlimlarida muntazam ravishda psixologik treninglar oʻtkazib kelinmoqda.

Boshqarma psixologlari tomonidan tashkil etilayotgan ushbu tadbirlarda xodimlarning stressga chidamliligi, emotsiyalarni boshqarish, jamoada samarali muloqot olib borish, muammoli holatlarda toʻgʻri qaror qabul qilish koʻnikmalari rivojlantirilmoqda. Treninglar rolli oʻyinlar, guruhiy mashqlar va individual maslahatlar shaklida olib borilmoqda.

Bunday tadbirlar xodimlarning ish unumdorligini oshirish, jamoadagi munosabatlarni yaxshilash hamda xizmat faoliyatini psixologik jihatdan barqaror sharoitda olib borishga xizmat qilmoqda. Psixologik mashgʻulotlar kelgusida ham davom ettirilishi rejalashtirilgan.