Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi shaxsiy tarkibi va tinglovchilari oʻrtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash maqsadida navbatdagi tadbir oʻtkazildi
Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi shaxsiy tarkibi hamda tinglovchilari oʻrtasida xizmat intizomi va qonunchilik buzish holatlarini oldini olish, huquqbuzarliklarning sabablari va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni barvaqt aniqlash borasidagi ishlar doirasida Toshkent Harbiy sudi masʼul xodimi ishtirokida profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbirda maʼruzachi tomonidan, soʻnggi vaqtlarda xodimlar tomonidan sodir etilayotgan qonun buzilishi holatlari, ularga imkon berayotgan shart-sharoitlar haqida toʻxtalib oʻtilib, bu kabi holatlardan har bir xodim oʻziga tegishli xulosa qilishi, qonun buzilishi holatlariga yoʻl qoʻymaslik, fuqarolar bilan xushmuomalada boʻlish, xizmat vazifalariga taalluqli boʻlmagan ishlar bilan shugʻullanmaslik, intizom va tartib qoidalarga qatʼiy amal qilish lozimligi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.