Xodimlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning sport bilan muntazam ravishda shugʻullanishlarini oshirish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, kuni kecha Qoʻriqlash Departamentining Xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalarini qoʻriqlash boʻyicha alohida bataloni shaxsiy tarkibi oʻrtasida sportning mini-futbol turi boʻyicha musobaqa oʻtkazildi.

Taʼkidlash joizki, musobaqa keskin, ammo doʻstona ruhda oʻtdi. Jamoalar ajoyib oʻyin va gʻalabaga boʻlgan irodani namoyish etib, muxlislar esa ishtirokchilarni faol qoʻllab-quvvatladilar. Ayniqsa, bir nechta chiroyli gollar va muhim vaziyatlarda bir necha bor jamoasini qutqarib qolgan darvozabonlarning fidokorona oʻyini esda qoldi.
Musobaqa soʻngida gʻolib deb topilgan xodimlar Milliy gvardiya qoʻmondonligi hamda Qoʻriqlash departamenti rahbariyati tomonidan qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanishdi.