TOSHKENT MINTAQAVIY OʻQUV MARKAZIDA DAVRA SUHBATI BOʻLIB OʻTDI
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi shaxsiy tarkibi oʻrtasida hushyorlik va ogohlikni oshirish, turli yot gʻoyalarga qarshi ularning maʼnaviyati va bilimini yanada oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari qoʻmitasi masʼul xodimi ishtirokida mashgʻulot tashkil etildi.
Mashgʻulot davomida maʼruzachi tomonidan, bugungi kunda mutaassib guruhlar oʻz gʻarazli maqsadlarini amalga oshirishda islom dinini baʼzi tushuncha va gʻoyalarni buzib talqin qilishlari hamda zamonaviy rivojlanish bosqichida internet tizimining ijtimoiy tarmoqlaridan keng foydalanishlari, unda oʻz gʻoyalarni targʻib qilishlari yetkazilib, bu kabi holatlarga aldanmaslik, yot gʻoyalarning taʼsiriga tushmaslik yoʻlida oʻz bilim saviyalari va dunyoqarashlarini doimiy oshirib borish, zararli illatlardan saqlanish, oʻz onglarida ularga qarshi kuchli immunitetni shakllantira olishlari zarurligi yetkazildi.