TOSHKENT MINTAQAVIY OʻQUV MARKAZIDA NAVBATDAGI SEMINAR MASHGʻULOT TASHKIL ETILDI
Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentabrdagi "Oʻzbekiston–2030" strategiyasi toʻgʻrisida"gi 158-son Farmonini Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi shaxsiy tarkibiga toʻliq yetkazish maqsadida seminar mashgʻuloti tashkil etildi.
Kun tartibidagi mavzuni toʻliq yoritib berish maqsadida mashgʻulotga Taraqqiyot strategiyasi markazi boʻlim boshligi F.T.Xakimov taklif etilib, maʼruzachi tomonidan mazkur farmon bilan "Oʻzbekiston-2030" strategiyasida belgilab berilgan ustuvor vazifa va maqsadlar, ularning ijrosini taʼminlash borasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar batafsil tushuntirib oʻtildi.
Shuningdek, tadbir davomida mavzu yuzasidan tinglovchilarning qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berildi.