Toshkent hamda Fargʻona mintaqaviy oʻquv markazlarida navbatdagi tinglovchilarning tantanali sertifikatlar topshirish tadbirlari boʻlib oʻtdi
"Qoʻriqlash" bosh boshqarmasining tezkor harakatlanuvchi guruhlari tarkibida xizmat qilayotgan xodimlar malaka oshirish dasturi boʻyicha navbatdagi oʻquv kurslarini tamomlab, oʻzlarining kasbiy tayyorgarlik yoʻnalishlaridagi bilim va koʻnikmalarini mustahkamladilar.
Shu munosabat bilan kuni kecha oʻquv yigʻinlarini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga tantanali ravishda sertifikatlar topshirish marosimlari boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbirlarni Milliy gvardiya mintaqaviy oʻquv markazlar rahbarlari kirish soʻzlari bilan ochib, tinglovchilarni oʻquv yigʻinlarini muvaffaqiyatli yakunlaganliklari bilan tabriklab, ularga sihat-salomatlik, tinchlik-omonlik, xalqimiz osoyishtaligi yoʻlida olib borayotgan sharafli ishlarida ulkan zafarlar tilashdi.
Shuningdek, oʻquv yigʻinlari davomida ӯqish va jamoat ishlarida faol ishtiroki hamda tengdoshlariga oʻrnak koʻrsatgan tinglovchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.