Yangiliklar

23 Fevral 2024

SIRDARYODA OʻQUV SEMINAR TASHKIL ETILDI

Kuni kecha Sirdaryo viloyati, Guliston shahridagi Yoshlar markazi binosida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Psixologik taʼminlash markazi, viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi hamda Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi hamkorligida "Oʻsmirlarda xulqiy ogʻishlarni erta diagnostika qilishning zamonaviy psixologik usullari" mavzusidagi navbatdagi psixologik oʻquv seminari tashkil etildi.
Tadbirda Milliy gvardiya Psixologik taʼminlash markazi, Bolalar psixologiyasi markazi mutaxassislari, Jamoat xavfsizligi universiteti professor-oʻqituvchilari ishtirok etishdi. Mazkur treningdan koʻzlangan maqsad, voyaga yetmagan oʻsmirlar hatti-harakatlarida vujudga kelishi mumkin boʻlgan xulqiy ogʻishlarni barvaqt aniqlash orqali qonun buzilishlariga qarshi immunitetni shakllantirishda psixologik bilimlarning ahamiyatidan iborat boʻldi.
Ishtirokchilarning mavzu yuzasidan barcha savollariga mutaxassislar batafsil javob qaytardi.