Yangiliklar

9 May 2025

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan marhum xodimlar xotirasi yod etildi

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Qoʻriqlash Departamenti va uning hududiy boʻlinmalari xodimlari tomonidan xizmat burchini bajarish chogʻida mardlarcha halok boʻlgan xodimlar oilalari ziyorat qilinib, ularning holidan xabar olindi.
Tashriflar davomida marhumlarning yorqin xotiralari esga olinib, ularning Vatan oldidagi sadoqati va jasorati yuksak eʼtirof etildi. Ular qoldirgan muqaddas xotira xalqimiz qalbida doimo barhayot ekani taʼkidlandi.
Shuningdek, xizmat burchini ado etish yoʻlida halok boʻlganlarning oila aʼzolari va farzandlari ijtimoiy himoyasi, farovonligi davlatimiz eʼtiborida ekani alohida qayd etildi.
Bunday uchrashuv va tashriflar oʻz burchiga sodiq boʻlgan jasur xodimlarning xotirasini eʼzozlash, ularning oilalariga hurmat koʻrsatish va kelajak avlodga ibrat boʻlishi nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi.