Yangiliklar

5 Dekabr 2025

8 dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan xodimlarning bayram kayfiyatini koʻtarish, ularning madaniy hordiq olishiga koʻmaklashish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻriqlash boshqarmasi tashabbusi bilan Oʻzbekiston davlat sanʼati va madaniyati instituti Nukus filialida "KONSTITUTSIYA – kelajak tayanchi" mavzusida konsert dasturi tashkil etildi.

Mazkur tadbir dastlab Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Respublikalarining davlat madhiyalari bilan boshlandi. Shuningdek, bayram munosabat bilan respublikamizda qoʻriqlashga olingan obyektlarning ishonchli qoʻriqlanishini taʼminlash yoʻlida xizmat qilib, oʻz hamkasblariga oʻrnak boʻlib kelayotgan koʻplab xodimlar esdalik sovgʻalari, faxriy yorliklar va tashakkurnomalar bilan tantanali ravishda taqdirlandi.

Shundan soʻng bayram konserti boshlanib, konsertda xalqimizning sevimli sanʼatkorlari, oʻyinchilar, koʻlki shaydolari tomonidan bir-biridan qiziqarli qoʻshiqlar, milliy oʻyinlar, sahna chiqishlari barchaga yoshli zavqu bagʻish etib, bayram tadbirining koʻtaringki kayfiyatga oʻtishiga oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshdi.