Surxondaryoda Kurash boʻyicha Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi kubogi musobaqasi oʻtkazildi
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining tarkibiy va hududiy boʻlinmalari oʻrtasida sportning kurash turi boʻyicha viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi kubogi musobaqasi oʻtkazildi.
5 ta vazn toifasida oʻtkazilgan musobaqada polvonlar murosasiz keskin kurashlar olib bordi. Musobaqa juda qizgʻin tarzda tashkillashtirilib, hakamlar hayʼati tomonidan haqqoniy baholab borildi. Yakuniy natijalariga koʻra,
73-kg 1-oʻrinni Muxammatov Sayfiddin
81-kg 1-oʻrinni Joʻrayev Sarvar
90-kg 1-oʻrinni Qudratov Sirojiddin
100-kg 1-oʻrinni Ashurov Begzod
+100-kg 1-oʻrinni Nodirov Ziyadullolar oʻz vazn toifalarida musobaqaning mutloq gʻoliblari boʻlishdi.
Oʻtkazilgan kurash musobaqasining “Eng yaxshi texnika ustasi” nominatsiyasi boʻyicha – Surxondaryo viloyati Denov tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimi profilaktika katta inspektori podpolkovnik Shuhrat Bekmurodov, “Gʻalabaga boʻlgan intilishi” nominatsiyasi boʻyicha – Surxondaryo viloyati IIB Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi katta mutaxassisi kichik serjant Ziyadullo Nodirovlar munosib deb, topildi.
Ishtirok etgan xodimlar va sovrindorlar, diplom, medal hamda qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.