SURXONDARYODA MILLIY GVARDIYA XODIMLARI UCHUN ARZONLASHTIRILGAN YANGI YIL SAVDO YARMARKASI TASHKIL ETILDI
Yangi yil bayrami arafasida hududlarda arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil etilishi anʼanaga aylangan. Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda viloyat "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari uchun tashkillashtirilgan savdo yarmarkasi ham yurtimiz tinchligi, fuqarolar xotirjamligi, obyektlar daxlsizligini taʼminlab kelayotgan soha xodimlar uchun qulay imkoniyat boʻldi. Yarmarka, fermer xoʻjaliklari va tadbirkorlar tomonidan sifatli oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, xususan, goʻsht, oʻsimlik yogʻi, un, shakar, tuxum, kartoshka, piyoz, sarxil meva-yu, sabzavotlar, ichimliklar va boshqa isteʼmol tovarlari bilan arzon narxlarda toʻldirib tashlandi. Tadbirda barcha shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolari ishtirok etib, Yangi yil dasturxoni uchun turli noz-neʼmatlarni xarid qildilar.