Qoʻriqlash xizmatida tashkil etilgan navbatdagi yigʻilishda ustuvor vazifalar muhokama etildi
Surxondaryo viloyati Qoʻriqlash xizmati boshligʻi podpolkovnik A.Choriyev tomonidan oʻtkazilgan yigʻilishda xizmat intizomi, qoʻriqlovdagi obyektlarda xavfsizlikni taʼminlash, xodimlarning xizmat vazifalariga masʼuliyat bilan yondashishi masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, xizmat faoliyatida yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish boʻyicha tegishli koʻrsatma va topshiriqlar berildi.
Rahbariyat tomonidan xodimlar oʻz ustilarida muntazam ravishda ishlashlari, bilim saviyalarini yanada oshirib, yangi texnologiyalarni amaliyaga keng joriy etish, Qoʻriqlash xizmati tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar evaziga toʻlanadigan pul mablagʻlarini belgilangan tartibda oʻz vaqtida undirib borish zarurligi taʼkidlandi.