UMUMTAʼLIM MAKTABLARIDA VATANPARVARLIK TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
Yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning qalbida vatanparvarlik tuygʻusini shakllantirish maqsadida Sirdaryo viloyatining umumtaʼlim maktablarida harbiy-vatanparvarlik tadbirlari tashkil etilmoqda.
Jumladan, kuni kecha bu kabi tadbirlar Milliy gvardiya viloyat boʻyicha boshqarmasi hamda "Qoʻriqlash" boshqarmasi, shuningdek, Guliston harbiy prokuraturasi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi masʼullari tomonidan Guliston tumanida joylashgan 1-sonli hamda Mirzobod tumanida joylashgan 25-sonli umumtaʼlim maktablarida "Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida oʻtkazildi. Harbiy-vatanparvarlik tadbirlarda Milliy gvardiya xodimlari xizmatda foydalanib kelinayotgan maxsus jihozlar va texnikalar bilan oʻquvchi yoshlarni yaqindan tanishtirdi.