Yangiliklar

21 Avgust 2024

Samarqand va Fargʻona viloyatlarida "Vatanim ranglar jilosida" rasmlar tanlovi oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan Fargʻona hamda Samarqand viloyatlari "Qoʻriqlash" boshqarmalarida xizmat qilayotgan xodimlarning farzandlari oʻrtasida "Vatanim ranglar jilosida" mavzusida rasmlar koʻrik-tanlovi oʻtkazildi. Mazkur tanlov bayramona hamda koʻtarinki ruhda boshlandi. Musobaqada ishtirok etish va oʻz imkoniyatlarini sinovdan oʻtkazishga musharraf boʻlgan bolajonlar juda mamnun boʻlishdi. Vatanparvarlik tuygʻulari aks ettirilgan rasmlarda bolalarcha begʻuborlik, soddalik, samimiylik tuygʻulari hamda ezgulikka intilishlari namoyon edi. Tanlovda ishtirok etgan bu kichik asarlar orasidan eng yaxshisini ajratish mushkul boʻldi. Chunki har bir chizilgan asar oʻzgacha bir maʼno-mazmun kasb etgan edi.
Tadbir yakunida ovoz berish orqali eng yuqori baholangan surat egalari gʻolib deb topildi va tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.