Yangiliklar

4 Fevral 2024

MINTAQAVIY OʻQUV MARKAZLARIDA TINGLOVCHILARNING BITIRUV HAMDA QASAMYOD QABUL QILISH MAROSIMLARI BOʻLIB OʻTDI

Mamlakatimizda shaxs, jamiyat va davlatga tegishli obyektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarni mol-mulklarini ishonchli qoʻriqlovini takomillashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida xodimlarning kasbiy mahoratlari oshirilib kelinmoqda.
Jumladan, kuni kecha Jizzax, Fargʻona hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqaviy oʻquv markazlarida Milliy gvardiya "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi harbiylashtirilgan qorovullik lavozimlarda xizmat qilayotgan safdor xodimlari boshlangʻich tayyorlash hamda malaka oshirish oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlab, ularga tantanali ravishda sertifikatlar topshirildi.
Shuningdek, xodimlar harbiy qasamyodga keltirildi.
Bitiruv marosimida, oʻquv yigʻini davomida ӯqish va jamoat ishlarida faol ishtiroki hamda tengdoshlariga oʻrnak koʻrsatgan tinglovchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.