Yangiliklar

15 Iyul 2024

MINTAQAVIY OʻQUV MARKAZLARIDA BITIRUV MAROSIMLARI BOʻLIB OʻTDI

Mamlakatimizda shaxs, jamiyat va davlatga tegishli obyektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarni mol-mulklarini ishonchli qӯriqlashni takomillashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida xodimlarning kasbiy mahoratlari oshirilib kelinmoqda.
Jumladan, kuni kecha Milliy gvardiyaning mintaqaviy oʻquv markazlarida boshlangʻich tayyorlash oʻquv rejasi va dasturi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi hamda IIV PPXvaJTSB safdorlar tarkibida xizmat qilayotgan xodimlar oʻquv kursini muvaffaqiyatli tamomlab, ularga tantanali ravishda sertifikatlar topshirildi.
Shuningdek, oʻquv yigʻini davomida ӯqish va jamoat ishlarida faol ishtiroki hamda tengdoshlariga oʻrnak koʻrsatgan tinglovchilar faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
Tadbirda mintaqaviy ӯquv markazlari rahbariyati soʻzga chiqib, tinglovchilarga tarixiy, maʼnaviy va siyosiy nuqtayi nazardan katta ahamiyatga ega boʻlgan oriyatini gʻurur va sadoqatini hamma narsadan ustun qoʻyadigan yigitlik shaʼni, oru nomusini oʻrtaga qoʻyib, oʻz zimmasidagi masʼuliyatli va sharafli vazifani ado etishga bel bogʻlab ahdu paymon qilish marosimi ekanligini taʼkidlab oʻtdi.