Yangiliklar

5 May 2025

Mintaqaviy oʻquv markazlarida tinglovchilarga tantanali ravishda sertifikatlar topshirish tadbirlari boʻlib oʻtdi

Kuni kecha Mintaqaviy oʻquv markazlarida Qoʻriqlash Departamenti va uning hududiy boʻlinmalari safdorlar tarkibini boshlangʻich tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha oʻquv yigʻinlarida ishtirok etgan tinglovchilarga tantanali sertifikatlar topshirish marosimlar oʻtkazildi.
Tadbirlarni markazlar rahbariyatlari kirish soʻzlari bilan ochib, tinglovchilarni sertifikat qabul qilganliklari va oʻquv yigʻinini muvaffaqiyatli yakunlaganliklari bilan tabriklab, ularga sihat-salomatlik, kelgusi xizmat faoliyati davomida, olib borayotgan sharafli ishlarida ulkan zafarlar tiladilar.