Mintaqaviy oʻquv markazlarida tinglovchilarga tantanali ravishda sertifikatlar topshirish tadbirlari boʻlib oʻtdi
Kuni kecha mintaqaviy oʻquv markazlarida tinglovchilarga tantanali ravishda sertifikatlar topshirish tadbirlari boʻlib oʻtdi. Mazkur tantanalarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi saf boʻlinmalari xodimlarini anʼanaviy shaklda kasbiy bilim va malakasini oshirish boʻyicha oʻquv yigʻinlarida ishtirok etgan safdorlar tarkibidagi xodimlar harbiy qasamyodiga keltirilib, ularga sertifikatlar topshirildi.
Marosimlarda soʻzga chiqqanlar tinglovchilarning oʻquv jarayonida egallagan nazariy tayyorgarligi va amaliy koʻnikmalari darajasini yuqori baholadi. Bitiruvchilarga kelgusi xizmatlarida muvaffaqiyatlar tilab, ularning oʻz burchiga sodiqligi va Vatanga fidokorona xizmat qilishga tayyorligiga ishonch bildirdilar.
Oʻquv jarayoni hamda ijtimoiy hayotda faollik koʻrsatgan tinglovchilar alohida eʼtirofga sazovor boʻldi. Oʻz safdoshlariga oʻrnak boʻlganlarga mehnatsevarligi va masʼuliyati uchun tashakkurnoma sifatida faxriy yorliqlar topshirildi.