Yangiliklar

6 Iyul 2025

Mintaqaviy oʻquv markazlarida tinglovchilarni tantanali qasamyod qabul qilish marosimlari boʻlib oʻtdi

Kuni kecha Toshkent hamda Fargʻona mintaqaviy oʻquv markazlarida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash Departamenti safdorlar tarkibini boshlangʻich tayyorlash boʻyicha oʻquv yigʻinlarida ishtirok etayotgan tinglovchilarni tantanali qasamyod qabul qilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda yurtga sadoqat, qonunlarga hurmat va Vatanga fidoyilik ruhida qasamyod qilingan boʻlib, tinglovchilarning kelajakdagi xizmat faoliyatiga muhim qadam boʻldi.

Tadbirni mintaqaviy oʻquv markazlari rahbariyati kirish soʻzi bilan ochib, tinglovchilarni qasamyod qabul qilganliklari bilan tabriklab, ularga sihat-salomatlik, kelgusi xizmat faoliyati davomida, olib borayotgan sharafli ishlarida ulkan zafarlar tiladi.

Shuningdek, mamlakatimizda Qurolli kuchlar tizimida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, rivojlanish jarayonlari, yaratilayotgan sharoitlar toʻgʻrisida maʼruzalar qilinib, bu kabi eʼtibor va eʼtirofga mos ravishda Vatanparvarlik ruxida sadoqat bilan xizmat qilish lozimligi yetkazildi.