Yangiliklar

6 Sentyabr 2024

Milliy gvardiya mintaqaviy oʻquv markazlarida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligi bayrami hamda tinglovchilarning navbatdagi oʻquv kurslarini yakunlaganliklari munosabati bilan tantanali bitiruv marosimlari boʻlib oʻtdi

Kuni kecha "Qoʻriqlash" boʻlinmalarining safdor xodimlari 148 soatlik boshlangʻich tayyorgarlik va malaka oshirish oʻquv kurslarida oʻzlarining kasbiy tayyorgarlik yoʻnalishlaridagi bilim va koʻnikmalarini mustahkamlab, mazkur kurslarni muvaffaqiyatli yakunlaganliklari uchun sertifikatlarga ega boʻlishdi.
Tadbirlar avvalida Milliy gvardiya mintaqaviy oʻquv markazlari rahbariyati soʻz olib, tinglovchilarni sertifikatlar qabul qilganliklari va oʻquv yigʻinlarini muvaffaqiyatli yakunlaganliklari bilan tabrikladi, shuningdek, ularga sihat-salomatlik, tinchlik-omonlik, kelgusi xizmat faoliyati davomida xalqimiz osoyishtaligi yoʻlida olib borayotgan sharafli ishlarida ulkan zafarlar tilashdi.
Shu bilan birga, Milliy gvardiya qoʻmondonining "Mustaqillik bayrami tabrigi" oʻqib eshittirilib, bir guruh xodimlarga oʻquv yigʻinlari davomida namunali xulqi, intizomi, oʻquv mashgʻulotlarini yaxshi oʻzlashtirganligi, ularga yuklatilgan vazifalarga vijdonan yondashganligi munosabati bilan mukofotlar topshirildi.