Milliy gvardiyaning mintaqaviy oʻquv markazlarida navbatdagi tinglovchilarning bitiruv va qasamyod qabul qilish marosimlari boʻlib oʻtdi
Kuni kecha Milliy gvardiyaning mintaqaviy oʻquv markazlarida boshlangʻich tayyorlash oʻquv rejasi va dasturi asosida "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi safdorlar tarkibida xizmat qilayotgan xodimlar harbiy qasamyodga keltirilib, ularga tantanali ravishda sertifikatlar topshirildi.
Belgilangan reja asosida tinglovchilar jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlikni mustahkamlash bilan birga, xalqaro tajriba asosida oʻz koʻnikmalarini ham oshirib bordilar. Malakali oʻqituvchilardan soha sirlarini oʻrganishar ekan, tinchlik posbonlarining psixologik koʻnikmalari ham oshirilib, fuqarolar bilan munosabatga kirishishda ahamiyat qaratish lozim boʻlgan jihatlar xususida maʼlumotlar oldilar.
Tadbirlarda mintaqaviy ӯquv markazlari rahbariyati soʻzga chiqib, bitiruvchilarga tarixiy, maʼnaviy va siyosiy nuqtayi nazardan katta ahamiyatga ega boʻlgan oriyatini gʻurur va sadoqatini hamma narsadan ustun qoʻyadigan yigitlik shaʼni, oru nomusini oʻrtaga qoʻyib, oʻz zimmasidagi masʼuliyatli va sharafli vazifani ado etishga bel bogʻlab ahdu paymon qilish marosimi ekanligini taʼkidlab oʻtdi.