Yangiliklar

21 Avgust 2024

Milliy gvardiya Mintaqaviy oʻquv markazlarida tinglovchilarning bitiruv va qasamyod qabul qilish marosimlari boʻlib oʻtdi

Kuni kecha Milliy gvardiya Mintaqaviy oʻquv markazlarida boshlangʻich tayyorlash hamda malaka oshirish oʻquv yigʻinlarini bitirgan, "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari safdorlar tarkibida xizmat qilayotgan xodimlarining bitiruv va qasamyod qabul qilish marosimlari boʻlib oʻtdi.
Taʼkidlash joizki, oʻquv yigʻinlar davomida tinglovchilar oʻzlarining kasbiy tayyorgarlik yoʻnalishlaridagi bilim va koʻnikmalarini mustahkamlab, mutaxassislik va huquqiy bilim asoslari, oʻq otish va jismoniy tayyorgarlik mashgʻulotlarini toʻliq oʻzlashtirdilar.
Shuningdek, oʻquv yigʻinlari davomida ӯqish va jamoat ishlarida faol ishtiroki hamda tengdoshlariga oʻrnak koʻrsatgan tinglovchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
Marosimning badiiy qismida Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari tomonidan namoyish etilgan qoʻl jangi usullari tadbir mehmonlari hamda bitiruvchilar qalbida jangovar shaylik va vatanparvarlik ruhini yanada oshishiga keng zamin yaratdi.